Mavsum almashishi — nafaqat kiyim-kechaklarni, balki manikyurni ham yangilash uchun ajoyib bahonadir. 2026-yilning bahor va yoz fasli neyl-industriyaga mutlaq tabiiylik va dadil, yorqin urgʻular oʻrtasidagi ajoyib muvozanatni olib keldi. Baʼzilar benuqson toza nyud rangini tanlasa, boshqalar turli teksturalar bilan tajriba oʻtkazishmoqda.
Ushbu maqolada biz studiyamiz mehmonlari ayni damda eng koʻp tanlayotgan asosiy trendlarni toʻpladik.
Tirnoqlarning dolzarb shakllari: chiziqlar yumshoqligiga urgʻu
2026-yilda moda oʻtkir va agressiv burchaklardan butunlay uzoqlashmoqda. Maksimal darajadagi tabiiylik va chiziqlar yumshoqligi trendda:
- Yumshoq kvadrat: Kalta va oʻrtacha uzunlikdagi tirnoqlar uchun mutlaq xit. Toza, jiddiy va nihoyatda zamonaviy koʻrinadi.
- Oval va bodomcha (mindal): Uzunlikni afzal koʻradiganlar uchun ideal tanlov. Bu shakllar barmoqlarni vizual ravishda uzaytiradi va qoʻllarga nafislik bagʻishlaydi.
Urfga kirgan palitra: mavsumning top-5 ta rangi
- Sariyogʻ rangi (Butter Yellow): Nozik, pastel-sariq rang mavsumning bosh rangiga aylandi. U oq rangga qaraganda yumshoqroq koʻrinadi va yozgi birinchi qorayishni (zagar) ajoyib taʼkidlaydi.
- Yarim shaffof shaftoli rangi (Nude): Tabiiylik trendining davomi. Tirnoqlar xuddi qoplamasizdek koʻrinadi, lekin shu bilan birga sogʻlom, chinni kabi porlash va ideal jiloga ega boʻladi.
- Matcha-latte (Matcha Green): Sokin, chuqur pusta-yashil rang — tetiklikni xohlaydigan bahor kunlari uchun ajoyib variant.
- Rezavor meva siropi (Jelly Nails): Qizil va pushti tusdagi yarim shaffof "jele" qoplamalar. Ular quyoshda chiroyli tovlanadigan "shishasimon" sersuv tirnoqlar effektini yaratadi.
- Musaffo osmon rangi (Sky Blue): Har qanday obrazni yangilaydigan va bir tonli koʻrinishda ham ajoyib aks etadigan osmonning toza, salqin rangi.
Sinab koʻrishga arziydigan top-dizaynlar
- Mikro-french: Klassik fransuzcha manikyur, ammo oʻta ingichka, xuddi ipdek keladigan "tabassum" chizigʻi bilan. U oq yoki rangli boʻlishi mumkin.
- Suyuq metall va xrom: Nyud bazasi ustidan marvaridli xrom (vtirka) surtish va erigan kumushni eslatuvchi futuristik hajmli tomchilar hozir juda ommabop.
- Akvarel gullari va "blush nails": Tirnoq markazida nozik upani (rumyana) eslatuvchi yumshoq gradient yoki zoʻrgʻa koʻrinadigan akvarel dogʻlari. Maksimal darajada romantika va havodorlik.
Studiyamiz top-ustasidan maslahat: Yozda qoʻllarimiz koʻproq quyosh va quruq ob-havo taʼsirida boʻladi. Har qanday manikyur chiroyli koʻrinishi uchun har kuni kutikula uchun moʻljallangan oziqlantiruvchi moy va namlantiruvchi kremdan foydalanishni unutmang.
Mavsumning asosiy trendini oʻzingizda sinab koʻrmoqchimisiz?
Bizning ustalarimiz tirnoqlarning toʻgʻri arxitekturasi, xavfsiz toзалash haqica hamma narsani bilishadi va barcha trenddagi dizayn texnikalarini mukammal egallashgan. Manikyuringiz sizni haftalab quvontirishi uchun biz faqat steril asboblar va premium materiallardan foydalanamiz.
